Karpin Golovinga bergan maslahati hazil va kinoya edi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin bilan «Real»ga qarshi o'yin oldidan gaplashgani haqidagi postiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, 20-yanvar kuni «Monako» Chempionlar ligasida Madridda «Real»ga 1:6 hisobida yutqazgandi. Uchrashuv arafasida Karpin Golovin bilan tushgan suratini joylab, futbolchiga bir nechta maslahat berganini aytgandi.
Karpinning ta'kidlashicha, u Golovingа jiddiy ko'rsatma bergan emas: «Golovinning o'yinini stadiondan ko'rdim, afsuski, u muvaffaqiyatsiz kechdi. Maslahatlarim — hazil va kinoya. Men unga nima ham tavsiya qila olardim? Buning uchun murabbiy bor», — deya Karpinning so'zlarini «Chempionat» keltiradi.
Golovin joriy mavsumda Fransiya Ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!