date

Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan so'ng maqsad haqida gapirdi

Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan so'ng maqsad haqida gapirdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining dushanba kungi uchrashuvida «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindan keyin Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa bayonot qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik yulduz bu safar gol ura olmadi, biroq jamoa natijasidan mamnunligini yashirmadi. «Qadam-baqadam. Maqsadimizga to'liq diqqat!» — deya yozdi Ronaldu.

Ushbu g'alaba «Al-Nasr»ga uch ochko olib keldi va jamoa turnir jadvalida ikkinchi pog'onaga ko'tarildi. Peshqadam «Al-Hilol»dan ortda qolish hozircha besh ochkoni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, 5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi. Hujumchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan so'ng maqsad haqida gapirdi