date

Neymar Buenos-Ayresga bordi: "Boka Xuniors" bilan muzokaralar boshlandimi

Neymar Buenos-Ayresga bordi: "Boka Xuniors" bilan muzokaralar boshlandimi

Braziliyalik yulduz Neymar Buenos-Ayresda ko'rinish berib, "Boka Xuniors" klubiga o'tishi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirdi. Hozirda "Santos" safida bo'lgan hujumchi Argentina jamoasining mashg'ulot bazasiga tashrif buyurdi va maxsus sovg'alar bilan qaytdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Neymar "Santos" tarkibida "San Lorenso"ga qarshi o'yin uchun Argentinaga borgan edi. U fursatdan foydalanib, "Boka Xuniors"ning mashg'ulot maydoniga bordi.

Tashrif davomida unga ikkita maxsus futbolka, jumladan, klub prezidenti Xuan Roman Rikelme tomonidan sovg'a qilingan libos topshirildi.

Klub rasmiylari bu tashrif faqat do'stona aloqalar doirasida ekanligini ta'kidladi. Ular prezident va futbolchi o'rtasida hech qanday rasmiy muzokaralar o'tkazilmaganini ma'lum qildi.

Shunga qaramay, sobiq "Barselona" yulduzining Argentina klubi libosida suratga tushishi muxlislar o'rtasida katta qiziqish uyg'otdi.

Neymarning "Boka Xuniors" bilan aloqalari uning sobiq jamoadoshlari orqali ham mustahkamlangan. U Buenos-Ayresda "Pari Sen-Jermen"dagi sobiq sherigi Ander Errera bilan uchrashdi.

Shuningdek, Leandro Paredes ham o'z do'stini Argentina jamoasiga jalb qilish istagini avvalroq bildirgan edi.

Hozirgi vaqtda Neymarning "Santos"dagi holati beqaror deb baholanmoqda. Uning shartnomasi 2026 yil dekabrigacha mo'ljallangan bo'lsa-da, klub futbolchiga katta miqdorda qarz ekani aytilmoqda.

Agar u Braziliyani tark etsa, MLS klublaridan biriga o'tishi ham ehtimol qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Neymar Buenos-Ayresga bordi: "Boka Xuniors" bilan muzokaralar boshlandimi