“Everton” va “Manchester Siti” toʻqnashuvi intrigaga boy kechdi

1 daqiqa o'qish1.3K
“Everton” va “Manchester Siti” toʻqnashuvi intrigaga boy kechdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • “Everton” va “Manchester City” o'rtasidagi Angliya Premier-ligasi uchrashuvi 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.
  • Uchrashuvda “Everton”dan Terno Barri ikki marta, “Manchester City”dan esa Jeremi Doku va Erling Holland gol urdi.
  • Muxlislar olti golga guvoh bo'lishdi, ammo “Manchester City” to'p nazoratida va zarbalarda ustunlikka ega bo'ldi.
  • Bu natijadan so'ng, “Manchester City” 71 ochko bilan 2-o'rinda, “Everton” esa 48 ochko bilan 10-o'rinda qolmoqda.

“Everton” oʻz maydonida “Manchester Siti”ga qarshi oʻtkazgan Angliya Premyer-ligasi uchrashuvida muxlislar olti golga guvoh boʻlishdi. Bellashuv yakunlandi va jamoalar 3:3 hisobida durang qayd etdi. “Everton” safida Terno Barri 8 va 81-daqiqalarda dubl muallifiga aylandi, Jek O’Brayen esa 73-daqiqada gol kiritdi. “Manchester Siti” tarkibida Jeremi Doku 49 va 90+7-daqiqalarda ikki bor raqib darvozasini ishgʻol qildi, Erling Xoland 83-daqiqada jamoasini yana oʻyinga qaytardi.

Statistikaga koʻra, “Manchester Siti” toʻp nazoratida katta ustunlikka ega boʻldi — 75 foiz. “Everton” esa 25 foiz toʻpga egalik qildi. Darvoza tomon yoʻllangan zarbalar boʻyicha ham mehmonlar oldinda: “Manchester Siti” 16 ta, “Everton” 11 ta zarba berdi. Biroq aniq zarbalarda mezbonlar samaraliroq harakat qildi — “Everton” 6 bor darvozaga aniq tepdi, “Manchester Siti”da bu koʻrsatkich 4 tani tashkil etdi.

Paslar sonida ham Pep Gvardiola shogirdlari ustunlik qildi: “Manchester Siti” 595 ta pas amalga oshirib, 93 foizlik aniqlik qayd etdi. “Everton” esa 202 ta pas va 72 foizlik aniqlik bilan oʻynadi. Follar sonida mezbonlar 15 ta, mehmonlar 5 ta qoidabuzarlik qildi. Burchak toʻplari boʻyicha “Manchester Siti” 9:5 hisobida ustun boʻldi. Sariq kartochkalar “Everton”da 4 ta, “Manchester Siti”da 1 ta boʻldi, qizil kartochkalar qayd etilmadi.

Bu natijadan keyin “Manchester Siti” turnir jadvalida 34 oʻyindan soʻng 71 ochko bilan 2-oʻrinda qoldi. “Everton” esa 35 oʻyindan keyin 48 ochko jamgʻarib, 10-pogʻonada boryapti.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?