Asliddin Do‘stov oilasida og‘ir yo‘qotish

Taniqli xonanda Asliddin Do‘stov oilasida og‘ir judolik yuz berdi. San’atkorning otasi olamdan o‘tgani haqida uning o‘zi hamda qizi — aktrisa Xonzoda Do‘stova 27 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi.
Mazkur xabar san’at ixlosmandlari va keng jamoatchilik tomonidan chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi. Oila uchun og‘ir bo‘lgan bu yo‘qotish, ayniqsa, Asliddin Do‘stov ijodiy hayotida muhim o‘rin tutgan insonning vafoti bilan bog‘liq ekani bilan yanada alamli bo‘ldi.
San’atkor avvalgi intervyularidan birida otasi haqida iliq xotiralar bilan so‘zlab, uning hayotidagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidlagan edi:
“Birinchi bor qo‘limga tor ushlatgan ham, ilk ustozim ham otam bo‘ladi,” — deya e’tirof etgan edi u.

Bu so‘zlar marhumning nafaqat ota, balki farzandi uchun ustoz va yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lganini yana bir bor tasdiqlaydi. Aynan shu inson Asliddin Do‘stovning san’atga kirib kelishida muhim rol o‘ynagan.
Tahririyat nomidan Asliddin Do‘stov va uning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!