date

Konseysau Benzema atrofidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi

Konseysau Benzema atrofidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi

“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema payshanba kuni jamoasining uchrashuvini o‘tkazib yubordi. OAVda fransuz futbolchi klubning shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklifidan norozi bo‘lgani, yangi taklifdagi moliyaviy shartlar juda past deb hisoblagani va shu sabab maydonga tushishni istamagani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

38 yoshli Benzemaning uchrashuvda ko‘rinmagani yuzasidan “Al-Ittihod” bosh murabbiyi Sergiu Konseysau izoh berdi. Mutaxassis bu masala bo‘yicha savollarni klubning o‘ziga yo‘naltirish kerakligini aytib, uning vazifasi jamoani o‘yinlarga tayyorlash va sovrinlar yutish ekanini ta’kidladi.

Konseysau, shuningdek, Benzemani yuqori baholab, uni katta professional va “fantastik futbolchi” deb atadi hamda u bilan ishlayotganidan faxrlanishini qayd etdi. Bu fikrlarni jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

Hozirda “Al-Ittihod” Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konseysau Benzema atrofidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi