Yulduz Usmonovaning AQSHdagi konserti bekor qilindi

Bruklindagi Oceana teatri 9-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yulduz Usmonovaning AQSHdagi konserti bekor qilinganini e’lon qildi. Ayrim yahudiy faollar va siyosatchilar xonandaning 2021-yildagi Isroil–Falastin mojarosi yuzasidan aytgan fikrlariga norozilik bildirgan edi. Shuningdek, faollar san’atkorga nisbatan antisemitizmga oid ayblovlar ilgari surib, uning kechirim so‘rashini talab qilgan.
Yulduz Usmonovaning AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti bekor qilindi. Ma’lum qilinishicha, Bruklindagi Oceana teatri 9-may kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan tadbir o‘tkazilmasligini e’lon qilgan.
Avvalroq ayrim yahudiy faollar va siyosatchilar xonandaning 2021 yildagi bayonotlariga norozilik bildirgan edi. Ular Isroil–Falastin mojarosi yuzasidan aytilgan fikrlar sabab konsertni bekor qilishni talab qilgan.
Shuningdek, xonandaga nisbatan antisemitizmga oid ayblovlar ham ilgari surilgan. Faollar uning kechirim so‘rashini talab qilgan, biroq san’atkor bu talabni qabul qilmagan.
Yulduz Usmonova o‘z pozitsiyasida qolishini bildirgan. Oqibatda, bahslar ortidan konsert bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.































Izohlar 0
…