date

Flik Yamalning o'yinini baholadi va almashtirish sababini aytdi

Flik Yamalning o'yinini baholadi va almashtirish sababini aytdi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Mallorka"ga qarshi 3:0 hisobidagi uchrashuvdan so'ng Lamin Yamalning o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

18 yoshli vinger 61-daqiqada gol urib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. 78-daqiqada esa u Runi Bardg'ji bilan almashtirildi. Oradan ko'p o'tmay kataloniyaliklar Mark Bernalning goli evaziga uchinchi bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Flikning ta'kidlashicha, Yamal birinchi bo'limda unchalik yaxshi ko'rinmagan, tanaffusdan keyin esa ancha faol va ishonchli harakat qilgan. Murabbiy Lamin o'yindan zavq olayotganini aytar ekan, uni almashtirish qarori navbatdagi uchrashuv yaqinligi bilan bog'liqligini qo'shimcha qildi.

12-fevral kuni "ko'k-anorranglilar" Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk o'yinida safarda Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Yamalning o'yinini baholadi va almashtirish sababini aytdi