Ronaldu Al-Nasr g‘alabasini ikki emodzi bilan nishonladi

Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, sardorsiz ham «Al-Nasr» ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi: Tojikistonda «Istiqlol» 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi. Natijada «Al-Nasr» guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr»ning peshqadam sifatida pley-offga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga olov hamda qarsak emodzilari bilan munosabat bildirdi.
Ronaldu hozir 40 yoshda. Uning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!