date

Parma kichik tarkibda qolgan Bolonyani ham mag'lub etdi

Parma kichik tarkibda qolgan Bolonyani ham mag'lub etdi

Italiya A Seriyasining 24-turida Bolonya o'z maydonida Parmani qabul qildi. Mezbonlar uchrashuvning qariyb bir yarim taymini 10 kishi bo'lib o'tkazdi: ular darvozaga sakkiz bor zarba berdi, shundan faqat bittasi aniq yo'nalgan. Parma esa son jihatdan ustun bo'lsa-da, hujumda faol ko'rinmadi va atigi ikki marta xavfli vaziyat yaratdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

18-daqiqada Mandela Keyta raqib jarima maydoni atrofida yiqitildi. Epizodda Tommazzo Pobega avvaliga ogohlantirildi, biroq VAR tekshiruvidan keyin hakam qarorni o'zgartirib, futbolchini maydondan chetlatdi.

69-daqiqada to'p himoyachi Santyago Kastroga tegib darvozadan joy oldi, ammo uzoq davom etgan tekshiruvdan so'ng gol bekor qilindi — ofsayd qayd etildi. 79-daqiqada Parma ham 10 kishiga tushib qoldi: Mariano Troylo ikkinchi sariq kartochkasini olib, chetlatildi. Qo'shib berilgan daqiqalarda esa Kristian Ordonez uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi bilan g'alaba golini urdi — 0:1.

Natijada Bolonya ketma-ket to'rtinchi bor yutqazib, 10-o'rinda qoldi. Parma esa 14-pog'onaga joylashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Parma kichik tarkibda qolgan Bolonyani ham mag'lub etdi