date

Amazfit Bip Max global bozorda: 2 dyuymli ekran va 20 kunlik avtonomlik

Amazfit Bip Max global bozorda: 2 dyuymli ekran va 20 kunlik avtonomlik

Amazfit kompaniyasi oʻzining yangi Bip Max aqlli soatlarini global savdoga chiqardi. Qurilma AQSH bozorida 100 dollar, Buyuk Britaniyada 100 funt, Fransiyada esa 100 yevro narxida taklif etilmoqda. Yangi model oʻzining texnik xususiyatlari bilan avvalgi avlodlardan sezilarli darajada ajralib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Asosiy oʻzgarishlardan biri — diagonali 2,07 dyuymga teng boʻlgan yirik AMOLED ekrandir (Bip 6 modelida 1,97 dyuym edi). Shuningdek, displey yorqinligi 50 foizga oshirilib, 3000 nitga yetkazilgan, bu esa quyoshli kunda ham maʼlumotlarni bemalol oʻqish imkonini beradi. Soat ZeppOS 5.0 operatsion tizimida ishlaydi va Flow 2.0 ovozli yordamchisini qoʻllab-quvvatlaydi.

Qurilma salomatlik va sportga yoʻnaltirilgan boʻlib, oʻnlab mashgʻulot rejimlarini taklif etadi. U yurak urish tezligi (ЧСС), qondagi kislorod miqdori (SpO2), HRV tahlili hamda uyqu va stress monitoringini amalga oshiradi. Shuningdek, foydalanuvchilar oflayn navigatsiya uchun xaritalardan foydalanishlari mumkin.

Texnik jihatdan qurilma ancha kuchaytirilgan: ichki xotira hajmi 512 MB dan 4 GB gacha oshirilgan. 550 mAs sigʻimli akkumulyator esa bir marta quvvatlash orqali 20 kungacha ishlashni taʼminlaydi. Bu koʻrsatkichlar Amazfit Bip Max modelini oʻz narx toifasidagi eng jozibador gadjetlardan biriga aylantiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Amazfit Bip Max global bozorda: 2 dyuymli ekran va 20 kunlik avtonomlik