Slutskiy boshchiligidagi Shanxay Shenchxua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenchxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda «Sanfrechche Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada himoyachi Hayato Araki urgan gol hal qildi. Natijada «Shanxay Shenchxua» ushbu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Olti turdan so'ng 4 ochko jamg'argan Slutskiy jamoasi turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko bilan uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing