date

Arsenal Julian Alvarez uchun kutilmagan taktik rejani tayyorlamoqda

Arsenal Julian Alvarez uchun kutilmagan taktik rejani tayyorlamoqda

Angliya Premer-ligasi yetakchisi Arsenal Atletiko Madrid hujumchisi Julian Alvarezni yana Angliyaga qaytarish ustida ishlamoqda. Mikel Arteta argentinalik futbolchini anʼanaviy markaziy hujumchi sifatida emas, balki hujumning chap qanotida sinab koʻrmoqchi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

FootballTransfers xabariga koʻra, London klubi allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni oʻtkazgan. Arteta Alvareznig koʻp qirrali oʻyinchi ekanligini yuqori baholaydi va uning moslashuvchanligi jamoa hujum chizigʻini kuchaytirishiga ishonmoqda.

Ushbu transfer Leandro Trossard va Gabriel Martinelli kelajagi borasidagi noaniqliklar fonida amalga oshirilishi mumkin. Klub rahbariyati 32 yoshga toʻlayotgan Trossard oʻrniga yoshroq va barqaror variant izlamoqda. Ayni paytda markaziy hujumda Viktor Gyokeres va Kai Havertz asosiy variantlar hisoblanadi.

Atletiko Madrid futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablagʻ talab qilishi kutilmoqda. Alvarez Ispaniya klubi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emasligi sababli, yozgi transfer oynasida uning transferi uchun PSJ va Barselona kabi klublar ham kurash olib borishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal Julian Alvarez uchun kutilmagan taktik rejani tayyorlamoqda