Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi

Fenerbahche hujumkor yarimhimoyachisi Anderson Taliska bilan yangi mehnat shartnomasini imzolaganini rasman e’lon qildi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy manbalarida paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Istanbul jamoasi safida 2028 yil yozigacha to‘p tepadi.
Taliska Turkiya chempionatida 2025 yil yanvaridan buyon o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda maydonga tushib, 19 gol va 4 assist qayd etdi.
Turkiya Superligasida 20 turdan keyin Fenerbahche turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam Galatasaraydan 6 ochko ortda. 10 fevral, dushanba kuni Istanbul klubi Genchlerbirligi bilan bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing