Amazon xatosi: xaridor bitta o‘rniga 10 ta Samsung 990 PRO SSD oldi

Reddit forumida Amazon onlayn-do‘koni yo‘l qo‘ygan noodatiy xato keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. TheDankestYo taxallusli foydalanuvchi atigi bitta Samsung 990 PRO 2 TB PCIe 4.0 SSD xotirasiga buyurtma bergan, biroq kutilmaganda unga 10 dona jamlanma yetkazib berilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
E’lon qilingan hisob-faktura ma’lumotlariga ko‘ra, bitta SSD narxi 479 dollarni tashkil etadi. Shunday qilib, foydalanuvchi 4790 dollarlik mahsulotni atigi 479 dollar evaziga qo‘lga kiritgan. Bu Amazon xatosi xaridorga 4300 dollardan ortiq foyda keltirganini anglatadi.
Foydalanuvchi SSD bilan birga NZXT Kraken Plus 280 AIO protsessor sovutish tizimiga ham buyurtma bergan. Bu uning yangi kompyuter yig‘ayotganidan yoki mavjud tizimini modernizatsiya qilayotganidan dalolat beradi.
Amazon platformasida avvallari ham shunga o‘xshash holatlar kuzatilgan. Ko‘pincha kompaniya ortiqcha yuborilgan mahsulotlarni qaytarib olishni talab qilmaydi. Biroq, bunday katta hajmdagi xato juda kam uchraydigan hodisa hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!