date

Xitoy olimlari ilk bor hayvonlarni ommaviy klonlash bo‘yicha muvaffaqiyatga erishdi

Xitoy olimlari ilk bor hayvonlarni ommaviy klonlash bo‘yicha muvaffaqiyatga erishdi

Xitoy olimlari ilk bor hayvonlarni ommaviy klonlash bo‘yicha muvaffaqiyatli natijaga erishdi. Xinhua xabariga ko‘ra, mutaxassislar alp echkilarining klonlarini olish orqali muhim ilmiy yutuqqa erishgan.

Tajriba davomida nasldor zotlar asosida to‘rtta erkak va ikkita urg‘ochi echki yetishtirilgan. Olimlar bu usul chorvachilikda yuqori mahsuldor zotlarni ko‘paytirish imkoniyatini kengaytirishini ta’kidlamoqda.

Klonlash uchun Zaanen zoti tanlab olingan. Ushbu zot yuqori sut mahsuldorligi bilan ajralib turadi va yiliga qariyb uch tonnagacha sut berishi mumkin.

Mutaxassislar mazkur natija kelajakda chorvachilikda sifatli nasllarni saqlab qolish va oziq-ovqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy olimlari ilk bor hayvonlarni ommaviy klonlash bo‘yicha muvaffaqiyatga erishdi