date

Asus ROG Certified dasturi doirasida operativ xotira bozoriga kirdi

Asus ROG Certified dasturi doirasida operativ xotira bozoriga kirdi

Asus kompaniyasi ROG Certified dasturini rasman ishga tushirdi. Endilikda uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilari ROG brendi ostida operativ xotira modullarini chiqarishlari mumkin. Garchi avvalroq Asus bunday rejalarni rad etgan bo‘lsa-da, kompaniya amalda operativ xotira bozoriga qadam qo‘ydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu turkumdagi ilk mahsulot Xitoyning Biwin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 48 GB hajmli DDR5 xotira to‘plamidir. CL26 kechikish vaqtiga ega bo‘lgan ushbu qurilma SK Hynix chiplari asosida yaratilgan hamda Intel XMP va AMD EXPO profillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda mahsulot Xitoy bozorida 880 dollar atrofidagi narxda sotilmoqda.

Biwin dasturning ilk hamkori hisoblanadi. Asus ma’lumotlariga ko‘ra, ROG Certified dasturiga Corsair, G.Skill, ADATA, Lexar, Silicon Power va Apacer kabi yana 14 ta yirik ishlab chiqaruvchi qo‘shilgan. Dasturning asosiy maqsadi — ROG anakartlari uchun maksimal darajada optimallashtirilgan va barqaror ishlash uchun qo‘shimcha sinovlardan o‘tgan xotira modullarini taqdim etishdir.

Hozircha ROG Certified dasturi faqat Xitoy hududida ishga tushirilgan. Kelgusida ushbu hamkorlik doirasida chiqarilgan mahsulotlar global bozorga ham chiqishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Asus ROG Certified dasturi doirasida operativ xotira bozoriga kirdi