Saudiya jurnalisti Ronaldu oldida tiz cho'kmaymiz dedi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr»ning ayrim uchrashuvlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidan noroziligini namoyon qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan saudiyalik teleboshlovchi Valid al-Faraj munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Al-Farajning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistonining sport tizimi va liga reglamenti muhokama qilinmaydigan mezon hisoblanadi. Uning fikricha, jahon yulduzi maqomi ham qoidalardan ustun turmaydi va Ronaldu reglamentni hurmat qilib, qonunlarga rioya qilishi shart. «Saudiya ligasi har qanday futbolchidan yuqori. Biz Ronaldu oldida tiz cho'kmaymiz, uni iltimos qilishimizni xohlaysizmi? Bizning mamlakat va ligamiz hammasidan ustun», — dedi u.
Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan tuzgan shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!