date

Roberto Karlos Ronalduning 1000 golli poygasi haqida gapirdi

Roberto Karlos Ronalduning 1000 golli poygasi haqida gapirdi

Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Roberto Karlos 41 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 1000 ta gol urish maqsadi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ronaldu muxlislari uchun Krishtianuning tarix yozayotgani va yangi rekordlar o'rnatayotganini ko'rish juda yoqimli. 1000 ta gol urgan yagona futbolchi — Pele. Ronaldu ham bu ro'yxatni kengaytirishi mumkin», — deya Karlosning so'zlarini O Jogo keltirdi.

Joriy mavsumda yulduz to'purar Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» safida 22 uchrashuv o'tkazib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, Ronaldu Saudiya ligasi ichidagi transfer qarorlaridan norozi bo'lgani sabab «Al-Nasr»ning so'nggi o'yinlarida maydonga tushmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos Ronalduning 1000 golli poygasi haqida gapirdi