Ravanelli VAR tufayli futbol qiyofasi o'zgarganini aytdi

"Yuventus"ning sobiq hujumchisi va Italiya terma jamoasi ekssportchisi Fabritsio Ravanelli Italiya klublari ishtirokidagi musobaqalarda VAR ishlashi borasida fikr bildirdi. Uning aytishicha, hozirgi holat uni jiddiy ranjitmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ravanelli futbol endi avvalgidek emasligini ta'kidladi. Ekspert fikricha, VAR aynan Italiyada boshqalardan farqli tarzda qo'llanmoqda, Yevropaning boshqa mamlakatlarida esa yondashuv boshqacha. U amaldagi tizim maydondagi futbolchilarga qoidabuzarlikni oson "yashirish" imkonini berayotganini ham qo'shimcha qildi.
Shuningdek, u hakamlik standartlari pasayganini qayd etdi: hozir hakamlarni ko'proq aldashga urinishadi, oldin esa ularga hurmat yuqoriroq bo'lgan. Ravanelli Kazarin, Anyolina va Di Bello kabi hakamlarni eslab, o'sha paytda haqiqiy professionallar borligi o'yin rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatganini aytdi.
Joriy mavsum boshidan Italiyada hakamlar VAR qarorlarini jonli efirda e'lon qila boshladi — maqsad shaffoflikni oshirish va hakamlikka ishonchni mustahkamlash. Shunga qaramay, OAV va muxlislar tanqidi hanuz kamaygani yo'q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!