Xiaomi 17 Max smartfonining barcha texnik xususiyatlari oshkor etildi

Insayder Abhishek Yadav bo‘lajak Xiaomi 17 Max flagmanining to‘liq texnik xususiyatlarini ma’lum qildi. Mazkur modelning rasmiy taqdimoti shu oy oxirigacha bo‘lib o‘tishi kutilmoqda va qurilma global bozorda ham sotuvga chiqariladi. Xiaomi 17 Max o‘z turkumidagi eng qudratli va yirik formatli smartfonlardan biriga aylanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilma 6,9 dyuymli, 2K aniqligidagi tekis OLED ekran bilan jihozlanadi. Displeyning eng yuqori yorqinligi 3800 nitga yetadi, shuningdek, 3840 Gs chastotali PWM (shim) texnologiyasi ko‘z charchashining oldini oladi. Ekran himoyasi uchun Dragon Crystal Glass 3.0 oynasidan foydalanilgan.
Smartfon yuragi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bo‘lib, u Samsung Galaxy S26 Ultra va iPhone 17 Pro Max kabi flagmanlar bilan raqobatlashadi. Qurilma 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 100 W quvvatli simli va 50 W quvvatli simsiz quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Kamera tizimi Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, 200 MP asosiy datchik, 50 MP ultra keng burchakli va 3 karra optik zumga ega 50 MP periskop obyektivni o‘z ichiga oladi. Old kamera esa 32 MP aniqligida suratga oladi.
Qurilma USB 3.2 Gen 1 porti, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4, NFC, infraqizil port, stereo dinamiklar va ekranga o‘rnatilgan ultratovushli barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. Shuningdek, smartfon IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!