Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to‘p taqdim etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final uchun sakkizta yo‘llanmani o‘zaro bahsda hal qiladi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga allaqachon yo‘l olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu fon’da UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun tayyorlangan rasmiy to‘pni namoyish qildi. To‘p to‘q ranglar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda oq yulduzlar aks etgan. Uni Adidas kompaniyasi tayyorlagan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda o‘tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv 30 may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Hozirgi amaldagi chempion — PSJ. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ni imkoniyatsiz qoldirib, 5:0 hisobida yirik g‘alaba qayd etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!