date

Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi

Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi esa pley-off o'yinlari boshlanadi: 16 jamoa styk raundida to'qnash kelib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab beradi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni taqdim etdi. Dizayn asosan to'q ranglarda ishlangan bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni o'tkaziladi (Toshkent vaqti bilan).

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, raqibiga imkon qoldirmagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi