Ronaldusiz g‘alaba qozongan Al-Nasrga Krishtianu munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 musobaqasining guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, yetakchisiz ham «Al-Nasr» o‘z vazifasini bajarishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni saudiyaliklar guruhdagi beshinchi o‘yinini ham yutdi: Tojikistonda «Istiklol» 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi. Natijada «Al-Nasr» guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqich yo‘llanmasini oldi.
Uchrashuvdan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining birinchi o‘rindan pley-offga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda olqish belgisini qo‘shdi.
40 yoshli Ronaldu «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomaga ega: uning kelishuvi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!