date

Ravanelli skudettoning asosiy da'vogarini Inter deb bildi

Ravanelli skudettoning asosiy da'vogarini Inter deb bildi

Italiyalik sobiq futbolchi Fabritsio Ravanelli A Seriyaning joriy mavsumida Milanning «Inter» jamoasi chempionlik uchun eng kuchli nomzodlardan biri ekani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ravanellining ta'kidlashicha, «neradzurrilar» Italiyada raqiblarini ketma-ket yengib, juda ishonchli o'yin namoyish etmoqda. U bosh murabbiy Kivu jamoani to'g'ri yo'lga solgani, futbolchilar bilan ishonchli muhit yaratgani va nima qilish kerakligini aniq bilishini qayd etdi. Uning fikricha, «Inter» skudettoni qo'lga kiritish poygasida hozircha asosiy favorit.

Ayni paytda «Inter» 58 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va eng yaqin ta'qibchisini sakkiz ochkoga ortda qoldirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ravanelli skudettoning asosiy da'vogarini Inter deb bildi