Ronaldu o'yin tashqarisida qolsa ham Al-Nasr yutdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, saudiyaliklar sardorsiz ham barqaror natija ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni Al-Nasr guruhdagi beshinchi o'yinida ham g'alaba qozonib, Tojikistonda "Istiklol"ni 4:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Bu natija jamoaga guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqishni ta'minladi.
O'yindan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Al-Nasrning peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo'l olgani haqidagi postni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda qarsaklar belgisini qo'shdi.
40 yoshli Ronaldu Al-Nasr bilan tuzgan amaldagi shartnomasi bo'yicha 2027 yil o'rtalarigacha klub futbolchisi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!