Atletiko Ederson transferi bo‘yicha Atalanta bilan yana gaplashadi

Madridning «Atletiko» klubi «Atalanta» yarim himoyachisi, braziliyalik Ederson Lourensoni tarkibga qo‘shib olish bo‘yicha yana bir bor muzokaralarni jonlantirmoqchi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
26 yoshli futbolchining Bergamodagi amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Ederson yuqori saviyadagi ijrosi bilan e’tibor qozongan va Yevropaning bir nechta yirik klublari uni tarkibni kuchaytiradigan nomzod sifatida ko‘rmoqda.
«Atalanta» esa yetakchisini qo‘yib yuborishga oshiqmayapti: klub uni faqat katta summa evaziga sotishga tayyor. Qishki transfer oynasida rad javobini olgan «Atletiko» mart oyida yana kelishuvga erishish yo‘lini izlab ko‘radi.
Joriy mavsumda Ederson 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!