Progress MS-34 kemasi XKSga 2,5 tonna yuk olib ketdi

Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan "Soyuz-2.1a" raketasi yordamida "Progress MS-34" yuk kemasi muvaffaqiyatli koinotga uchirildi. Mazkur kema Xalqaro kosmik stansiya (XKS) uchun 2,5 tonna yuk, jumladan, hayotiy zarur resurslar, yangi skafandr va ilmiy tadqiqotlar uchun maxsus uskunalar olib ketmoqda. Rejaga ko‘ra, kema 28-aprel kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 05:01 da stansiyaning "Zvezda" moduliga tutashishi lozim.
Boykonur kosmodromidan Rossiyaning "Progress MS-34" yuk kemasi ortilgan "Soyuz-2.1a" raketasi muvaffaqiyatli start oldi. Parvozdan bir necha daqiqa o'tgach, kema raketaning uchinchi pog'onasidan ajralib, belgilangan orbitaga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozirda umumiy og'irligi 7,4 tonna bo'lgan apparat Xalqaro kosmik stansiya (XKS) tomon harakatlanmoqda.
Ushbu missiya doirasida stansiyaga jami 2,5 tonnaga yaqin yuk yetkazilishi rejalashtirilgan. Yuklar tarkibidan 700 kg yoqilg'i, 420 kg suv va 50 kg kislorod o'rin olgan.
Shuningdek, kema bortida stansiya tizimlari va ekipaj uchun 1,3 tonnadan ortiq quruq yuklar, jumladan, yangi "Orlan-MKS" skafandri ham mavjud.
Ilmiy tadqiqotlar uchun mo'ljallangan ushbu reysda vaznsizlikning inson organizmiga ta'sirini o'rganuvchi VR-uskunalar hamda turli biologik tajribalar uchun maxsus asboblar yuborildi. Rejaga ko'ra, kema 28 aprel kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 05:01 da XKSning "Zvezda" moduliga tutashishi lozim.






























Izohlar 0
…