AQShda termoyadroviy energetikani rivojlantirish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yildi

1 daqiqa o'qish172
AQShda termoyadroviy energetikani rivojlantirish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yildi

Amerikaning "Inertia Enterprises" kompaniyasi Livermor milliy laboratoriyasi (LLNL) bilan termoyadroviy texnologiyalarni ilmiy tajribalardan amaliy foydalanishga o'tkazishni tezlashtirish maqsadida hamkorlikni e'lon qildi. Tomonlar tijorat termoyadroviy elektr stansiyalarini yaratishga to'sqinlik qilayotgan asosiy muhandislik muammolarini birgalikda hal qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Loyiha doirasida yangi optik materiallar, lazer komponentlari va kuchli lazer qurilmalari uchun prototiplar ishlab chiqiladi. Alohida e'tibor inersial sintez tajribalarida energiya olish uchun asosiy rol o'ynaydigan maxsus yonilg'i kapsulalariga — termoyadroviy nishonlarga qaratiladi.

Inersial termoyadroviy sintez usuli vodorodli kichik kapsulani kuchli lazerlar yordamida siqish orqali energiya olishni ko'zda tutadi. Jarayon davomida yuzaga keladigan ekstremal harorat va bosim natijasida atom yadrolari birlashib, yulduzlardagi kabi ulkan energiya ajralib chiqadi.

Hamkorlik doirasida "Inertia" kompaniyasi laboratoriyaning inersial sintez texnologiyalari bilan bog'liq 200 ga yaqin patentidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu ilmiy natijalarni sanoat yechimlariga aylantirish va kelajakda ishlab chiqarish bazasini yaratish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?