Shevchenko Rebrov Ukraina terma jamoasida qolishini aytdi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari, sobiq «Milan» va «Chelsi» hujumchisi Andrey Shevchenko terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shevchenko so‘zlariga ko‘ra, UAF Rebrovni almashtirish masalasini kun tartibiga qo‘ymagan: tajribali mutaxassis ishini bemalol davom ettirishi mumkin.
Sergey Rebrov Ukraina terma jamoasini 2023 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
«Sariq-ko‘klar» 2026 yilgi jahon chempionati saralash guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi va endi pley-off uchrashuvlarida qatnashadi. Ukraina terma jamoasining ilk raqibi Shvetsiya bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing