date

Riberining advokati unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi

Riberining advokati unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi

Yaqinda oshkor qilingan “Epshteyn fayllari” dunyo bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Hujjatlarda futbol olami ham tilga olingan bo‘lib, ular orasida Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va “Bavariya”ning eks yulduzi Frank Riberi nomi ham uchradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyatdan so‘ng Riberining manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Karlo Alberto Bruza ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi. U tarqalayotgan ma’lumotlarni yolg‘on, deb atadi.

“Bu — feyk! Ertaga janob Riberining advokati sifatida chiqaman va mijozim hamda uning oilasi sha’niga putur yetkazayotgan yolg‘on xabarlarni tarqatganlarni jazolash uchun barcha zarur huquqiy choralarni ko‘raman”, — deb yozdi Bruza.

Ma’lum qilinishicha, Riberi ismi e’lon qilingan fayllarning uch sahifasida uchraydi. Taxmin qilinayotgan jabrlanuvchi uni noqonuniy fohishalik bilan bog‘liq aloqalarda ayblagan, shuningdek Riberining iltimosiga ko‘ra uchinchi shaxs boshqa bir odamga hujum qilganini ham ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Riberining advokati unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi