Jezush Ronalduni navbatdagi o'yinda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada yana maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, ushbu o'yinda ham uning ishtiroki bo'lmaydi.
Jezushning aytishicha, tig'iz taqvim sababli Ronaldo va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy buni «Al-Fateh»ga qarshi muhim bahs oldidan ehtiyot chorasi sifatida ko'rsatdi.
Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda vaqti-vaqti bilan tarkibdan tushib qolishi yangilik emasligini ta'kidladi.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!