"Real Madrid" yulduzlari Rodrigoni qo'llab-quvvatlash uchun maydonga maxsus liboslarda chiqishdi

Sport1 daqiqa o'qish255
"Real Madrid" yulduzlari Rodrigoni qo'llab-quvvatlash uchun maydonga maxsus liboslarda chiqishdi

"Real Madrid" futbolchilari Ispaniya chempionati doirasidagi "Selta"ga qarshi o'yin oldidan og'ir jarohat olgan jamoadoshi Rodrigo Goesga birdamlik bildirishdi. Futbolchilar maydonga braziliyalik hujumchini qo'llab-quvvatlovchi maxsus futbolkalarda chiqib kelishdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub tibbiy departamenti 25 yoshli hujumchining o'ng oyog'ida tizza oldingi xochsimon bog'lamlari va tashqi menisk yirtilganini tasdiqladi. Ushbu tashxis futbolchi uchun joriy mavsum ham klub, ham terma jamoa miqyosida yakunlanganini anglatadi.

"Real Madrid" yulduzlari Rodrigoni qo'llab-quvvatlash uchun maydonga maxsus liboslarda chiqishdi

Rodrigo 2 mart kuni "Xetafe"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushganidan 11 daqiqa o'tib jarohat olgan edi. Tiklanish jarayoni yetti oydan to'qqiz oygacha davom etishi kutilmoqda, bu esa uning jahon chempionatini ham o'tkazib yuborishiga sabab bo'ladi.

«Hayotimning eng yomon kunlaridan biri, bu jarohatdan doim qo'rqqanman. Mavsumning qolgan qismida va jahon chempionatida ishtirok eta olmasligim juda og'ir, ammo men kuchli bo'lishim kerak», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

"Real Madrid" yulduzlari Rodrigoni qo'llab-quvvatlash uchun maydonga maxsus liboslarda chiqishdi

Hujumchining safdan chiqishi murabbiy Alvaro Arbeloa uchun jiddiy taktik muammo tug'dirmoqda. Kilian Mbappe ham hozircha yordam bera olmayotgan bir paytda, "Real Madrid" hujum chizig'i mavsumning hal qiluvchi pallasida jiddiy sinovga duch kelmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?