Rodrigoning tizzasidan olgan jarohati 2023-yildan beri mavjud bo'lganligi aniqlandi

Rodrigo "Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi "Getafe"ga qarshi o'yinda og'ir jarohat oldi va mavsumni yakunladi. Tibbiy tekshiruvlar uning o'ng tizasidagi oldingi bo'g'imlar va meniskus uzilganini tasdiqladi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi 2023 yildan beri jarohat bilan o'ynab kelgan va endi kamida 12 oy maydonga tusha olmaydi. Bu jarohat Rodrigo uchun hayotidagi eng yomon kunlardan biri bo'lib, u 2026 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.
«Real Madrid» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rodrygo «Xetafe»ga qarshi o'yinda tizzasidan og'ir jarohat olib, mavsumni yakunladi. Tibbiy tekshiruvlar 25 yoshli futbolchining o'ng tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lamlari va lateral meniski uzilganini tasdiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ma'lum bo'lishicha, braziliyalik futbolchi 2023-yildan beri tizzasidagi qisman uzilish bilan o'ynab kelgan. O'shanda klub shifokorlari jarrohlik amaliyotidan voz kechib, konservativ davolash usulini tanlashgan edi.

Afsuski, fevral oyi boshidagi jarohatidan so'ng maydonga qaytgan hujumchining tizzasi oxirgi bahsda yuklamaga bardosh bera olmadi.
Rodrygo ijtimoiy tarmoqlarda o'z his-tuyg'ularini o'rtoqlashib, bu kunni hayotidagi eng yomon kunlardan biri deb atadi. Futbolchi doim ushbu jarohatdan qo'rqqanini va hozirgi vaziyat unga nisbatan shafqatsizlik ekanini ta'kidladi.
Shunga qaramay, uning vakillari dastlabki tanlangan davolash strategiyasini to'g'ri deb hisoblamoqda.
«Real Madrid» tarkibida bu 2023 yil yozidan beri beshinchi shunday og'ir jarohatdir. Avvalroq Kurtua, Alaba, Karvaxal va Militao ham xuddi shunday muammoga duch kelgan edi.
Rodrygo endi kamida 12 oy maydonga tusha olmaydi va 2026-yili AQSh, Kanada hamda Meksikada o'tadigan Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.































Izohlar 0
…