"Barselona" Rashfordni "Manchester Yunayted"dan yana ijaraga oladi

"Barselona" Rashfordni "Manchester Yunayted"dan yana ijaraga oladi
Qisqacha

"Barselona" rahbariyati "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashfordni yana bir yilga ijaraga olish bo'yicha muzokaralarni boshladi. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Hansi Flik Rashfordning jamoada qolishiga rozilik bergan va uning jismoniy holatini yuqori baholamoqda. Moliyaviy qiyinchiliklar sababli "Barselona" futbolchini sotib olishni rejalashtirmayapti, balki yana bir yilga ijaraga olishni yoki narxni pasaytirishni ko'zlamoqda. Rashford esa Ispaniyada qolishni afzal ko'rmoqda.

"Barselona" rahbariyati "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashfordni jamoada olib qolish bo'yicha muzokaralarni boshladi. Kataloniya klubi ingliz futbolchisini ikkinchi mavsum uchun ham ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Xansi Flik Rashfordning qolishiga rozilik bergan. Mutaxassis hujumchining taktik sxemalaridagi o'rnini yuqori baholamoqda va uning jismoniy holati jamoaga foyda keltirishiga ishonmoqda.

"Barselona" Rashfordni "Manchester Yunayted"dan yana ijaraga oladi

Moliyaviy qiyinchiliklar sababli "Barselona" Rashfordni 30 mln yevroga sotib olish huquqidan foydalanmoqchi emas. Buning o'rniga klub rahbariyati yana bir yillik ijara shartnomasi yoki transfer narxini sezilarli darajada pasaytirishni ko'zlamoqda.

Rashford joriy mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining o'zi ham Angliya premyer ligasiga qaytishdan ko'ra Ispaniyada qolishni afzal ko'rmoqda.

"Barselona" Rashfordni "Manchester Yunayted"dan yana ijaraga oladi

"Manchester Yunayted" esa futbolchini butunlay sotib yuborish tarafdori bo'lib turibdi. Ingliz klubi yozgi transferlar uchun mablag' yig'ish maqsadida Rashfordni majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga berishni ko'rib chiqishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar