Kampl Rangnik uni oilaviy vaziyatga qaramay o'ynatganini aytdi

Oilaviy sharoitlar sabab futbolchilik faoliyatini yaqinda yakunlagan sloveniyalik yarim himoyachi Kevin Kampl «RB Leyptsig»dagi davrlarini eslab, o'sha paytdagi bosh murabbiy Ralf Rangnik bilan bog'liq voqeani gapirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kamplning so'zlariga ko'ra, rafiqasi tug'ruq arafasida bo'lishiga qaramay, Rangnik undan baribir maydonga tushishni qat'iy talab qilgan: «Ortingdan samolyot yuboraman, sen bu o'yinda maydonga tushishing shart», degan ekan murabbiy.
Gap «Volfsburg»ga qarshi bahs haqida ketmoqda — o'sha o'yinda Leyptsig 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Uchrashuvdan keyin esa Kampl yanada hayratda qolgan: Rangnik jurnalistlar bilan suhbatda futbolchi o'zi jon-jahdi bilan o'ynashga intilgandek taqdim etgan, aslida esa vaziyat buning teskarisi bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!