Di Mariya Argentinada tanqid ostida qoldi va bahs kuchaydi

Anxel Di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, dastlab yaxshi taassurot qoldirgandi. Biroq keyingi haftalarda uning atrofida salbiy fon kuchaydi: muammo o‘yin natijalaridan ko‘ra, raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog‘liq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ko‘plar Di Mariyani maydonda tez-tez yiqilish va jarima zarbasini “ishlab olish”ga urinayotganlikda ayblamoqda. Argentina chempionati forumlarida «nega Di Mariyaga bu hiylalari uchun ogohlantirish berilmaydi», «u yulduz, lekin bu harakatlari charchatdi», «bunday futbolchining penalti so‘rab, o‘zini tashlashi achinarli» kabi keskin fikrlar ko‘paydi. Hozir u “Rosario Sentral” safida harakat qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing