date

Florentino Perez: Barselona o‘z qilmishlari uchun javob berishi shart

Florentino Perez: Barselona o‘z qilmishlari uchun javob berishi shart

Real Madrid prezidenti Florentino Perez Barselona bilan munosabatlar butunlay uzilganini ma’lum qildi. U kataloniyaliklar tomonidan hakamlar qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to‘langan pullar bilan bog‘liq mojaroni futbol tarixidagi eng katta korrupsiya deb atadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Perezning ta’kidlashicha, ikki klub o‘rtasidagi aloqalar endilikda mavjud emas. "Men yigirma yil davomida hakamlarga pul to‘lagan klub bilan munosabatda bo‘lishni istamayman. Ular o‘z qilmishlari uchun javob berishlari kerak", – dedi Real Madrid rahbari.

Madrid klubi ushbu ish bo‘yicha UEFAga 500 sahifalik hujjatlar to‘plamini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Perezning so‘zlariga ko‘ra, Barselona tomonidan amalga oshirilgan bu harakatlar joriy mavsumda Real Madridning 16 dan 18 gacha ochko yo‘qotishiga sabab bo‘lgan.

O‘z navbatida, Barselona vitse-prezidenti Rafa Yuste bu ayblovlarni keskin rad etdi. U Florentino Perezning so‘zlarini "achinarli va yolg‘onga to‘la" deb atab, buni Madrid klubining mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarini yashirishga urinish sifatida baholadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Florentino Perez: Barselona o‘z qilmishlari uchun javob berishi shart