date

Toyota Camry raqobatchisi: Volga C50 sedanining ilk suratlari eʼlon qilindi

Toyota Camry raqobatchisi: Volga C50 sedanining ilk suratlari eʼlon qilindi

Rossiyada yangi biznes-klassdagi Volga C50 sedanining rasmiy sotuvlari joriy yilning yozida boshlanishi rejalashtirilgan. Yaqinda Moskva ko‘chalarida ushbu avtomobilning prototipi paydo bo‘ldi va «Avtopotok» Telegram-kanali uning ilk «jonli» suratlarini taqdim etdi. Garchi salon qismi hali oshkor etilmagan bo‘lsa-da, qora rangdagi kuzov va orqa qismdagi qo‘shaloq egzoz quvurlari avtomobilga jiddiy qiyofa bag‘ishlagan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Texnik jihatdan Volga C50 zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi. Kapot ostiga 2,0 litrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u 150 yoki 200 ot kuchiga ega ikki xil variantda taklif etiladi. Har ikkala dvigatel ham 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda ishlaydi.

Avtomobilning o‘lchamlari ham biznes-segment standartlariga mos keladi: uzunligi 4825 mm, g‘ildirak bazasi esa 2800 mm ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar salon ichida yo‘lovchilar uchun yetarlicha kenglikni taʼminlaydi.

Yangi model zamonaviy xavfsizlik va qulaylik tizimlari bilan jihozlangan. Xususan, avtomobilga adaptiv kruiz-nazorati, kalitsiz kirish tizimi, avtomatik tormozlash va yo‘lakda ushlab turish funksiyalari o‘rnatilgan. Shuningdek, 2 zonali iqlim nazorati, 12 ta dinamikdan iborat audio tizim va qishki paket opsiyalari haydovchi hamda yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulaylikni kafolatlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Toyota Camry raqobatchisi: Volga C50 sedanining ilk suratlari eʼlon qilindi