date

Windows tizimida nosoz drayverlarni avtomatik tuzatish funksiyasi joriy etiladi

Windows tizimida nosoz drayverlarni avtomatik tuzatish funksiyasi joriy etiladi

Microsoft kompaniyasi Windows tizimida yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish uchun Cloud-Initiated Driver Recovery (CIDR) nomli yangi funksiyani eʼlon qildi. Ushbu mexanizm muammoli drayverlarni avtomatik ravishda avvalgi barqaror versiyaga qaytarish imkonini beradi va foydalanuvchining aralashuvini talab qilmaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi texnologiya Windows Update infratuzilmasi orqali ishlaydi. Agar Microsoft yoki ishlab chiqaruvchi drayverni nosoz deb belgilasa, tizim uni avtomatik tarzda tekshirilgan va ishchi versiyaga almashtiradi. Bu jarayon uchun qo‘shimcha dasturiy taʼminot o‘rnatish shart emas.

CIDR platformasi Hardware Dev Center orqali boshqariladi. Bu Microsoft kompaniyasiga drayverlar bilan bog‘liq ommaviy muammolarga tezkorlik bilan javob qaytarish va xatolarni masofadan turib tuzatish imkonini beradi. Texnologiya ayniqsa yirik korporativ tarmoqlar uchun juda qo‘l keladi.

Hozirda CIDR sinov bosqichida bo‘lib, uning to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi sentyabr oyida kutilmoqda. Hozircha funksiya faqat Windows Update orqali tarqatiladigan drayverlar uchun amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Windows tizimida nosoz drayverlarni avtomatik tuzatish funksiyasi joriy etiladi