Robert Lewandowski Barselonani tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin

Robert Lewandowski Barselona safidan ketish arafasida turibdi. Polshalik tajribali hujumchi Saudiya Arabistoni chempionati vakili Al-Hilal klubidan tushgan juda katta moliyaviy taklifni qabul qilishga yaqin turibdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
WP Sportowe Fakty xabariga ko‘ra, Ar-Riyod klubi 37 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun yiliga 90 million yevro maosh taklif qilmoqda. Bu taklif futbolchining faoliyatidagi eng daromadli shartnoma bo‘lishi kutilmoqda.
Garchi Yuventus, Milan va Chikago Fayr kabi klublar ham futbolchiga qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, Al-Hilal transfer poygasida yaqqol favoritga aylandi. Barselonaning moliyaviy qiyinchiliklari sababli, klub o‘zining eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchisi bilan xayrlashishga tayyor.
Agar transfer amalga oshsa, Lewandowski Simone Inzaghi boshqaruvidagi yulduzli tarkibga qo‘shiladi. Jamoa safida Karim Benzema, Sergej Milinkovic-Savic, Ruben Neves, Kalidou Koulibaly, Theo Hernandez va Darwin Nunez kabi nomlar to‘p suradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!