Kapello Ronaldu Messi va Maradonaga teng emas dedi

Rossiya terma jamoasi hamda Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabiyo Kapello portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik mutaxassis A Bola nashriga bergan izohida Ronaldu buyuk to'purarlardan biri va juda kuchli atlet ekanini ta'kidladi. Biroq Kapelloning aytishicha, Krishtianuda Lionel Messi, Diyego Maradona va Ronaldo kabi futbolchilarga xos daholik darajasi yetishmaydi, shu bois uni ular bilan bir qatorga qo'yib bo'lmaydi.
Hozir 40 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan, hujumchining transfer bahosi esa 12 million yevroga teng deb ko'rsatilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing