Buффon Pio Espozitoni Italiya futbolining asosiy umidi deb atadi

Italiya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» klubi sobiq darvozaboni Janluiji Buffon hozirgi paytda eng katta istiqbolga ega italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu — Milanning «Inter» jamoasida toʻp surayotgan Pio Espozito. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Buffon yosh hujumchining yaqin kelajakda katta sahnada yorqin porlashiga umid bildirdi va u allaqachon jahon chempionatida oʻzini koʻrsatishi mumkinligini taʼkidladi.
«Men Espozitoni shaxsan kuzatdim va u menda juda katta taassurot qoldirdi. U kamtar, professional, motivatsiyaga toʻla va doimiy ishtiyoq bilan harakat qiladi. Men uni Italiya terma jamoasining jahon chempionati tarkibiga hech ikkilanmasdan olgan boʻlardim», — deya Buffonning soʻzlaridan iqtibos keltiradi calcionapoli1926.it.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda «Inter» A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!