date

Qashqadaryoda “polvon” chaqaloq tug‘ildi

Qashqadaryoda “polvon” chaqaloq tug‘ildi

Qashqadaryo viloyatida noodatiy holat qayd etildi — bu yerda vazni 6 kilogrammdan oshgan chaqaloq dunyoga keldi. Shu bois uni bejiz “polvon chaqaloq” deb atashmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, go‘dak Nishon tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxonasida tabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan. Uning vazni 6 kilogramm 110 grammni tashkil etib, bu kabi holatlar juda kam uchrashi ta’kidlanmoqda.

Shifokorlar aytishicha, ushbu farzand onaning uchinchi farzandi hisoblanadi. Tug‘ruq jarayoni mutaxassislar nazorati ostida muvaffaqiyatli o‘tgan.

Hozirda ona va chaqaloqning umumiy ahvoli yaxshi. Ular tibbiyot xodimlari kuzatuvida bo‘lib, zarur parvarish va nazorat ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar bunday vazndagi chaqaloqlar kamdan-kam tug‘ilishini, biroq malakali tibbiy yondashuv orqali ona va bola salomatligini xavfsiz saqlab qolish mumkinligini qayd etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda “polvon” chaqaloq tug‘ildi