Marsel bosh murabbiylikka yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Fransiyaning «Marsel» klubi Roberto De Dzerbi bilan xayrlashgach, bosh murabbiylik bo'yicha yangi variantlarni izlashda davom etmoqda. Klub italiyalik mutaxassis o'rniga yana bir nomzodni ro'yxatga qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Foot Mercato xabariga ko'ra, Saudiya Arabistonida ishlab turgan Serjiu Konseysau bilan bir qatorda «Marsel» Habib Beye nomzodini ham ko'rib chiqishi mumkin.
Habib Beye avval «Renn»da bosh murabbiy bo'lib ishlagan. U 9 fevral kuni so'nggi to'rtta o'yindagi qoniqarsiz natijalar sabab lavozimidan chetlatilgandi.
Hozirda «Marsel» chempionat jadvalida 21 uchrashuvdan keyin 39 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. Undan yuqorida «Lion» (42), «Lans» (49) va «PSJ» (51) joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing