date

Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi

Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykli raundda to'qnash kelib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab beradi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga to'g'ridan to'g'ri yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni taqdim qildi. U qoramtir ranglar uyg'unligida ishlangan bo'lib, ustida oq yulduzlar tasviri bor. To'pni Adidas ishlab chiqargan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv 30 may, shanba kuni o'ynaladi.

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi