Angliya JCh oldidan Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Angliya terma jamoasi jahon chempionati starti arafasida yana bir nazorat uchrashuvi bo'yicha kelishuvga erishdi. The Mirror xabariga ko'ra, inglizlarning navbatdagi raqibi Kosta-Rika bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 10 iyun kuni bo'lib o'tadi. Avvalroq Angliya 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishi ma'lum qilingandi. Har ikki bahs AQShda, Florida shtatidagi mashg'ulot bazasi yaqinida o'tkazilishi ko'zda tutilgan, ammo aniq stadion hozircha e'lon qilinmagan.
Angliya va Kosta-Rika shu paytgacha ikki marta to'qnash kelgan. 2018 yilda o'rtoqlik o'yinida inglizlar Markus Reshford va Denni Uelbek gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan, undan to'rt yil oldin esa jahon chempionati guruh bosqichida 0:0 natija qayd etilgandi.
17 iyun kuni Tomas Tuhel shogirdlari jahon chempionatini Xorvatiyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ushbu guruhdan, shuningdek, Gana va Panama ham o'rin olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!