date

Endrikning qizil kartochkasi bekor qilinib, sariq berildi

Endrikning qizil kartochkasi bekor qilinib, sariq berildi

Fransiyada «Lion» hujumchisi Endrikka ko'rsatilgan qizil kartochka bilan bog'liq vaziyat qayta ko'rib chiqildi. Braziliyalik futbolchi Liga 1 doirasida «Nant»ga qarshi uchrashuvda (1:0) maydondan chetlatilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Intizomiy komissiya yig'ilishida qizil kartochkani sariq kartochkaga almashtirish haqida qaror qabul qilindi. Bu 19 yoshli hujumchi uchun ikkinchi sariq bo'lgani bois, Endrik baribir bir o'yinga diskvalifikatsiya oladi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik forvard qishda Madridning «Real» klubidan «Lion»ga kelib qo'shilgan. Tomonlar ijara bitimini rasmiylashtirgan.

Endrik fransuz jamoasi safida hozirgacha to'rtta uchrashuv o'tkazib, uchta gol va bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrikning qizil kartochkasi bekor qilinib, sariq berildi