date

UEFA Chempionlar ligasi finali uchun yangi to‘pni tanishtirdi

UEFA Chempionlar ligasi finali uchun yangi to‘pni tanishtirdi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endilikda jamoalarni pley-off kutmoqda: 16 klub styk bosqichida to‘qnashib, 1/8 finalga yo‘llanma beradigan sakkizta o‘rinni taqsimlaydi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga allaqachon yo‘l olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo‘ljallangan rasmiy to‘pni namoyish qildi. U qoramtir ranglarda ishlangan bo‘lib, unda oq yulduzlar tasviri bor. To‘p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasida o‘tkaziladi.

Hozircha amaldagi chempion — “PSJ”. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ga imkon qoldirmay, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » UEFA Chempionlar ligasi finali uchun yangi to‘pni tanishtirdi