date

Jezush Ronalduga dam berildi, u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Jezush Ronalduga dam berildi, u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada yana o‘yinlarga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o‘yin bor», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy Ronalduga bunday tanaffus berilishi yangilik emasligini ta’kidladi: hujumchi Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berildi, u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi